Hisobotni mustaqil topshiradigan, tekshiruvdan qo'rqmaydigan, kodeksga tayanib ishlaydigan buxgalter bo'ling. Amaliyotchi ustozlar, real keyslar, 1C va My3.soliq.uz.
Bular biz yozgan gaplar emas — arizalardan aynan ko'chirilgan so'zlar:
«Kodeksni o'qimaganman. Xato qilyapmanmi — bilmayman.»
«Avtokameral kelguncha xatoyimni bilmayman.»
«Shu ishim to'g'rimi-noto'g'rimi, ertaga tekshirish kelib qolsa nima qilaman — shu savollar doim ichimda.»
«Tajribam kamligidan qiynalaman, o'zimga ishonchim past. Mustaqil hisobot topshira olmayman.»
Agar shulardan bittasi siz haqingizda bo'lsa — quyidagi zinapoyadan o'z pog'onangizni tanlang. Har bir pog'ona aynan shu «qiynalaman»larni yechish uchun qurilgan.
Yangi boshlovchidan xalqaro darajali mutaxassisgacha — har bir kurs bir pog'ona yuqoriga.
Tayyor javob emas — modda topish, o'qish va qo'llash ko'nikmasi. Bitiruvchilarimiz soliq xatlariga modda raqami bilan javob beradi.
Videolar ↗Darslar real keyslar, sud amaliyoti va tekshiruvlar tajribasi asosida. Soliq organi mutaxassislari ham taklif etiladi.
Videolar ↗Maqsadimiz — mustaqil ishlaydigan buxgalter: imtiyozni to'g'ri qo'llaydigan, jarimadan qonun bilan himoyalanadigan, o'z mehnatining qadrini biladigan.
Videolar ↗Kursdan keyin ham qo'llab-quvvatlash: razbor guruhlari, konsultatsiyalar va kuchli hamkasblar davrasi.
Videolar ↗Buxgalteriya, soliq va kasb haqida ochiq suhbatlar — toʼliq versiyalarini shu yerda koʼring.
Quyidagi raqam va fikrlar bitiruvchilarimiz anketalarda o'z qo'li bilan yozgan natijalar. Ismli iqtiboslar — e'longa rozilik berganlardan.
«Bitta firmamda kameral bo'ldi — 150 mln so'mga talabnoma yuborishdi. Kodeks moddalari asosida asossiz ekanini isbotlab xat yubordim. 4 kundan keyin talabnoma bekor qilindi!»
Mansurov UmidjonSoliq eksperti-15 bitiruvchisi, buxgalter«Imtiyozlarni to'g'ri qo'llab korxona uchun 240 mln so'mdan ortiq tejadik — rahbariyat menga 24 mln so'm mukofot berdi.»
Muxlisa AsrorovaSoliq eksperti-15 bitiruvchisi, autsors buxgalter«Bir yil oldin so'raganingizda "qimmatroq" der edim. Bugun esa — yo'q: olingan bilim va tajribani pulga sotib olib bo'lmaydi.»
Kenjayeva FarangizSoliq eksperti-15 bitiruvchisi, audit kompaniyasi rahbari«Soliqchilar bilan aniq qonunga asoslanib gaplashaman — "qayta hisobot", "avtokameral" so'zlarini anchadan beri eshitganim yo'q. Korxona reytingi doim 95+ ballda barqaror.»
Glavbux bitiruvchilari2026 yilgi anketalardan (anonim)Auditoriya, jonli muhit va himoya qilingan sertifikatlar — hammasi real kadrlarda.




Bilim, tezlik va tajriba bir maydonda. Final — dekabr 2026, sovrinlar: avtomobil va sayohatlar.
Batafsil ↗Barcha video kurslar bir joyda — o'zingizga qulay vaqtda o'qing.
Katalogga o'tish ↗Fuqarolar uchun bepul huquqiy baza: imtiyozlaringiz, modda raqamlari va tayyor ariza namunalari.
Saytga o'tish ↗Ism va telefon raqamingizni qoldiring: qaysi kurs mos kelishini birga aniqlaymiz. Yoki shunchaki qoʼngʼiroq qiling: +998 55 518 33 00
Bular — arizalarda eng koʼp uchraydigan savollar. Javoblarni qisqa yozdik.